Ichki ishlar akademiyasida yangi o’quv markazi ochiladi

15:32 14 Mart 2018 Jamiyat
625 0
Foto: uza.uz

Xitoy hukumati O’zbekistonga 22 million AQSh dollari miqdorida grant ajratdi. Bu mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida o’quv markazi yaratishga yo’naltiriladi. 

Grant mablag’lari O’zbekiston va XXR hukumatlari o’rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to’g’risida imzolangan Bitim doirasida berildi. Bu haqida O’zbekiston Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi matbuot-xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, o’quv markaziga  “Ichki ishlar organlari navbatchilik qismi”, “Xavfsiz shahar”, “Tergovchining o’quv-konsultativ portali”  interaktiv dasturiy komplekslari o’rnatiladi. Shuningdek, u erga shahar va transport infratuzilmasi ob’ektlari, metro vagoni qismlari, samolyot maketlari mavjud o’quv-imitatsiya xonalaridan iborat maxsus poligon joylashtiriladi. 

Eslatib o’tamiz, davlatimiz rahbari o’tgan yil may oyida Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi (CASIC) rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazgandi. O’shanda tomonlar Toshkent va O’zbekiston hududlarida “Xavfsiz shahar” videokuzatuv tizimini joriy etish bo’yicha hamkorlik qilish masalalarini ham muhokama qilgandi.


 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?