Ichida 52 nafar oʻzbekistonlik yonib ketgan avtobus egasiga sud hukm chiqardi. U uch yilga qamaldi

11:03 14 Avgust 2019 Jamiyat
99 0

Illyustrativ foto

13-avgust kuni Qozogʻistonning Turkiston viloyati Sariogʻoch tuman sudi Oqtoʻbe viloyatida ichida Oʻzbekistoning 52 fuqarosi yonib ketgan avtobus egasi Orduxan Mextiyevga nisbatan hukm chiqardi. U texnik nosozlikka ega avtobusdan qonunga xilof ravishda foydalanishda aybdor deb topildi. Qozogʻistonning 46 yoshli ushbu fuqarosiga 3 yillik qamoq jazosi berildi. Mextiyev jazo muddatini minimal xavfsizlikdagi jazoni ijro etish muassasasida oʻtaydi.

Bu haqda nuz.uz xabar berdi.

Maʼlumot uchun, Orduxan Mextiyev Oqtoʻbe fojeasidan soʻng bir yil davomida Oʻzbekiston hududida yashirinib yurdi. Qozogʻiston rasmiylari uni xalqaro qidiruvga berdi. U oʻtgan yil 20-noyabrda Toshkentga qoʻlga olinib, 26 dekabr kuni Qozogʻistonga ekstraditsiya qilingandi.

Xabaringiz bor, oʻtgan yil 18-yanvarda Mextiyevga tegishli avtobus Chimkent-Samara trassasida yonib ketgandi. Oqibatda uning ichida boʻlgan 57 nafar oʻzbekistonlikning 52 nafari hayotdan koʻz yumdi. Ikki nafar yoʻlovchi va uch nafar haydovchi esa tirik qolgandi. Oʻtgan yil noyabr oyida haydovchilar besh yillik, avtobuslar sozligiga javob beruvchi taʼsischi va mexanik uch yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?