Ichanqal’ada yangi kutubxona ish boshladi

09:17 17 Iyul 2018 Jamiyat
405 0
Illyustrativ foto

Qadimiy va navqiron Xiva shahriga tashrif buyuruvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yana bir qulaylik yaratildi.

“Ichanqal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi hududidagi Polvonqori yodgorligi majmuasida boy kitob fondiga ega kutubxona tashkil etildi. Bu haqda viloyatdagi muxbirimiz Odilbek Odamboyev xabar qilmoqda.

“Kutubxonamizda o‘zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan va boshqa tillarda nashr etilgan 4 mingdan ortiq badiiy, tarixiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar mavjud. Kitobxonlarimizning asosiy qismi mehmonxonalarda qoladigan xorijlik sayyohlardan iborat”, - deydi kutubxonachi Muyasssar Saidova.

Shahardagi “Ichanqal’a” va “Kaltaminor” mahallalari aholisi ham ziyo maskani xizmatidan minnatdor. Qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev va qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning tavallud sanalari munosabati bilan kutubxonada o‘tkazilgan adabiy kecha esa chet ellik mehmonlarda ham yorqin taassurot qoldirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?