“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi 150 ming dollarlik AQSH davlat grantini qoʻlga kiritdi

16:15 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
54 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, tarixiy, madaniy, meʼmoriy obidalarni asrab-avaylash va qayta taʼmirlash, xorijiy hamkorlar bilan ijodiy va investitsion sohalarda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator qaror va topshiriqlarni bajarish borasida Xivadagi Ichan-qalʼa muzey qoʻriqxonasida yil boshidan qoʻpgina ijobiy ishlar amalga oshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kuni kecha meʼmoriy obidalarni saqlash, taʼmirlash ishlariga asosiy eʼtiborini qaratib kelayotgan “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi jamoasi Toshhovli saroyini taʼmirlash uchun 150 ming dollarlik AQSH davlat grantini yutganligi toʻgʻrisida hujjatni qoʻlga kiritdi. Ushbu grant boʻyicha ishlar muzey-qoʻriqxona xodimlari tomonidan yil boshidan boshlangan edi. Kecha ushbu hujjat muzey-qoʻriqxona direktori Shonazar Matyakubovga topshirishdi.

Kun davomida Toshhovli saroyining taʼmirga muhtoj joylari yana bir bor koʻzdan kechirilib, qilinadigan ishlar sarhisob qilindi va doimiy hamkorlik qilish belgilab olindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?