I Xalqaro ziyorat turizmi forumining asosiy tadbirlari boshlandi

10:04 22 Fevral 2019 Welcome to uzbekistan
463 0

Said Rahmonov/ “Xalq soʻzi ONLINE”. Buxoro shahrida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumining asosiy tadbirlari boshlandi.

Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi” bugun islom olamining nufuzli ulamolari, din peshvolari, yirik sayyohlik kompaniyalar rahbarlari, hunarmandlar bilan gavjum.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Tashqi ishlar vazirligi, Buxoro viloyati hokimiyati, shuningdek, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ISESCO), Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) kabi qator nufuzli xalqaro tashkilotlar koʻmagida tashkil etilgan ushbu tadbirda dunyoning 34 davlatidan 120 dan ziyod vakillar qatnashmoqda.

Tadbir avvalida Qurʼon tilovat qilindi.

Xalqaro forumning ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov soʻzga chiqdi.

Forum tafsilotlarini kun davomida berib boramiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?