Hyundai xodimi “Maxsustrans“ga rahbar bo‘ldi

16:56 31 Iyul 2018 Jamiyat
787 0
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Karshiyev Raxmatillo Murodillayevich “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz bunga qadar “Hyundai Engineering CO. Ltd” xorijiy korxonasi inspektori lavozimida ishlagan.

Karshiyev Raxmatillo Murodillayevich 1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda Bolton universitetini (Buyuk Britaniya, bakalavr), 2006 Soutgemton Solent universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan.

2008-2010 yillarda - Samarqand shahar yengil sanoat kolleji, gumanitar fanlari o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

2010-2016 yillarda - “Best Prime AURUM” mas’uliyati cheklangan jamiyati marketing va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?