Hujjatlarda shaftoli. Aslida esa parranda go‘shti

15:05 14 Iyul 2018 Dunyo
573 0
Foto: MedWeb.ru

Qirg‘zistonda Xitoydan hujjatlarda shaftoli ko‘rsatilib, aslida parranda go‘shtini mamlakatga olib kirishga bo‘lgan urunish fosh etildi. Bu haqda ushbu mamlakat bosh prokuraturasi xabar berdi.

Bojxona xodimlari tomonidan moliya politsiyasi bilan hamkorlikda Baliqchi shahridagi “O” MCHJ hududida tekshiruvlar olib borilganda bu yerda shaftoli tashishga ruxsat berilgan hujjatlarga ega transport vositasi topilgan. Aslida uning yukxonasida 83 tonnaga yaqin parranda go‘shti ortilgani ma’lum bo‘ldi.

Mamlakat qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlashi vazirliklari tegishli xizmatlari tomonidan mazkur mahsulotlar karantin talablariga javob bermaydi, deb topildi. O‘z navbatida XXRdagi ushbu parranda go‘shti yetishtiruvchisi korxonalarning tegishli reyestridan o‘tmagani aniqlandi.

Bosh prokuratura tomonidan ishonchsiz hujjatlardan foydalangan holda mahsulotlarni bojxona nazoratidan yashirish va respublika hududiga taqiqlangan tovarni olib kirish(kontrabanda) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u tergovga oshirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?