Hushyor boʻling! Oʻzbekistonda telefonlarni zararlovchi yangi virus tarqalmoqda!

23:57 14 May 2020 Jamiyat
324 0

“Eset” kompaniyasi Oʻzbekistonda yangi “Android Trojan Spy” troyan virusi borligi va ushbu zararli dasturni tarqatishda COVID-19 mavzusidan foydalanilganini xabar qildi. Ilova koronavirus epidemiyasi haqida statistik maʼlumotlarni xaritada namoyish qiladi, biroq bir vaqtning oʻzida mobil qurilmada suratga olishi, galereyadan fotolarni oʻgʻirlashi, qurilmadagi kontaktlar roʻyxati, SMS xabarnomalar va telefondagi barcha boshqa ilovalar boshqaruvi uchun jinoyatchilarga sharoit yaratishi mumkin.
Avval “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi mobil ilovalarni yuklash va oʻrnatishda dasturning qaysi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat soʻrayotganiga eʼtibor berish, agar bu kabi ruxsatlar soni asossiz ravishda koʻp boʻlsa, bunday turdagi programmalarni ishlatishdan voz kechishni tavsiya qilgandi. “Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi internet foydalanuvchilaridan shu va shunga oʻxshash boshqa ilovalarni yuklab olish, oʻrnatishda hushyor boʻlishni, koronavirus haqidagi maʼlumotlarni rasmiy hamda ishonchli manbalardan olish lozimligini eslatib oʻtadi.

“Oʻzkomnazorat” davlat inspeksiyasi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?