Huquqini bilmagan isteʼmolchi qachongacha chuv tushadi?


Toʻraqoʻrgʻon tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparatiga mazkur tuman Isvaxon MFYda yashovchi fuqaro Jalolov Ziyovuddin tomonidan ariza tushdi.
Unda isteʼmolchining xonadoniga Toʻraqoʻrgʻon tumangaztaʼminot korxonasi tomonidan foydalanilmagan tabiiy gaz uchun asossiz ravishda qarzdorlikni oshirib yuborib, isteʼmolchiga sunʼiy ravishda 1.950000 (bir million toʻqqiz yuz ellik ming) soʻm miqdorida qarzdorlik belgilanganligi, isteʼmolchi ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida bir necha bor tuman gaz taʼminot korxonasiga bir necha bor tashrifi samarasiz boʻladi. “Otangga bor, onangga bor“, “Shu qarzni toʻlaysiz. Siz qarzdorsiz“ qabilidagi qoʻpol ravishdagi sansalorlik va tushunarsiz javoblardan charchagan fuqaro mazkur holatga aniqlik kiritishda amaliy yordam berilishini soʻragan.
Isteʼmolchining arizasi Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida tegishli tartibda oʻrganib chiqildi.
Fuqaroning murojaatiga asosan ijro etuvchi apparat mutaxassislari tomonidan tuman gaz taʼminot korxonasiga murojaat qilinib, mazkur isteʼmolchining tabiiy gazdan boʻlgan qarzdorlik yoki haqdorligiga aniqlik kiritish maqsadida ariza muallifining jamiyatga taqdim qilgan hujjatlari va toʻlov kvitansiyalari asosida tumangaztaʼminot korxonasi vakillari isteʼmolchining shaxsan ishtirokida oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish natijasida aniqlanishicha, isteʼmolchining tabiiy gazdan boʻlgan qarzdorligi jamiyatga yozgan arizasida bayon etilgani kabi 1.950000 soʻm emas balki, 662095 (olti yuz oltmish ikki ming toʻqson besh) soʻm miqdorida ekanligi, yuqoridagi belgilangan qarzdorlik summasi esa taʼminotchi korxona vakillari tomonidan yuzaga kelgan oʻz ishiga nisbatan layoqatsizlik natijasida yuzaga kelgan yoki noreal qarzdorlikni isteʼmolchidan undirishga urinish ekanligi aniqlandi.
Tumangaztaʼminot korxonasidan jamiyat mutaxassislari tomonidan ariza muallifi Jalolov Ziyovuddinga tabiiy gazdan boʻlgan qarzdorligi 662095 soʻm miqdorida ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma olib berildi hamda isteʼmolchining jamiyatga yozgan arizasidagi talabi toʻliq qondirilishiga erishildi. Fuqaroning arizasiga ijro etuvchi apparat tomonidan jamiyat nizomi doirasidan kelib chiqib javob xati berildi va ushbu javob xatidan qoniqmagan taqdirda boʻysunish tartibida yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi davlat tashkilotga murojaat qilishi mumkinligi xususida ogohlantirildi.
Oʻz-oʻzidan mulohaza tugʻiladi. Jalolov Ziyovuddin oʻz huquqini bilib tegishli tashkilotga murojaat qilibdi. Buni bilmaganlar chuv tushib qolaveradimi?
Ko‘p o‘qilganlar
- Uzoq tanaffusdan soʻng Ismoil Joʻrabekovdan eksklyuziv intervyu
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: