Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi takomillashtiriladi

22:54 10 Yanvar 2019 Jamiyat
598 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati.

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 yanvar kuni mamlakatimiz tinchligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda “Mahalla posboni” tuzilmasi rahbari lavozimi oʻrniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchisi lavozimi joriy etilib, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha ularning shaxsiy javobgarligi belgilab qoʻyildi. Kelgusida jamoat xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshgan yordamchilarga ichki ishlar organlarining oliy taʼlim muassasalariga kvota asosida oʻqishga kirish huquqi berilishi maʼlum qilindi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish boʻyicha “hududlar tajribasi”ni joriy etish zarurligi taʼkidlandi. Masalan, Toshkent shahrida bosqinchilik, Fargʻonada firibgarlik, Toshkent viloyatida oʻgʻirlik jinoyati koʻp sodir etilayotganini hisobga olib, ularni profilaktika qilish boʻyicha hududiy usullarni shakllantirish talab etiladi.

Bosh prokuratura akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Milliy gvardiya harbiy-texnika institutiga oʻzaro hamkorlikda kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarda ilmiy tadqiqot ishlarini oʻtkazib, jinoyatchilik ahvoli oʻzgarishini kriminologik prognozlash boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida, ichki ishlar organlarida ishlaydigan psixolog-pedagoglar maktabini yaratish, oliy oʻquv yurtlarida psixolog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi.

 

 

Qonun ustuvor, adolat barqaror boʻlsa, jinoyatchilikka oʻrin qolmaydi

 

Prezident ichki ishlar organlari oldidagi muhim vazifalarni belgilab berdi

 

“Ishlaganni — ragʻbatlantirish, ishlamaganni — jazolash” tizimi sarhisob qilindi

 

Endi hokimlar va deputatlar ham jinoyatlar bilan bogʻliq vaziyatlarni har kuni tahlil qilib borishadi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?