Hunarmandchilik rivoji uchun 105,4 milliard so’m ajratiladi

17:36 12 Mart 2018 Iqtisodiyot
353 0

Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi o’rinbosari Akobir Hakimovning ma’lum qilishicha, o’tgan yil dekabr oyida uyushma a’zolari soni 10 ming 247 nafarni tashkil etgan bo’lsa, joriy yilning o’tgan davri davomida bu ko’rsatkich 18 mingdan ortdi. 
Bunda Prezidentimizning sohaga oid qabul qilingan farmoni, huquqiy hujjatlari bilan hunarmandlarga yaratib berilgan imtiyozlar katta turtki berdi.
Shuningdek, 2018-2019 yillarda respublikamizning 23 ta shahar va tumanlarida Hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini tashkil etish ko’zda tutilgan. Barcha viloyatlarda hunarmandchilikni rivojlantirish bo’yicha manzilli dasturlar tasdiqlandi. 
Unga ko’ra, ushbu yillarda qiymati 105,4 milliard so’mlik, shundan 75 milliard so’mi tijorat banklari krediti mablag’lari hisobiga 3015 ta loyiha amalga oshiriladi. Bugungi kunga qadar 1-bosqichda 50 milliard so’m ana shu maqsadlar uchun yo’naltirilgan. 
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?