HUMOning 250 dan ortiq bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi

11:28 05 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
190 0

Oʻzbekiston aholisi, chet ellik mehmonlar va sayyohlarga Visa xalqaro kartalaridan milliy valyutada mablagʻlarni yechish imkoniyati taqdim etildi. Bu haqda MB axborot xizmati xabar berdi.

Bankomatdan milliy valyutada naqd pul mablagʻlarini berish uchun komission haqni bankning oʻzi belgilaydi. Turistik shaharlarda milliy valyutada pullarni yechib olish imkoniyatini beruvchi HUMO bankomatlari yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar va h.k. atrofidagi 24/7 shoxobchalarida joylashgan. Bankomatlar tarmogi kundan kunga kengaib borishi davom etmoqda.

Joriy yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Visa kompaniyasi Oʻzbekistonda raqamli toʻlovlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish maqsadiga qaratilgan Oʻzaro hamjihatlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumi imzolangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?