HUMO milliy toʻlov tizimi imkoniyatlari qanday kengaytiriladi?

17:03 28 Mart 2019 Iqtisodiyot
606 0

Kecha Markaziy bankda “MasterCard Europe” vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot chogʻida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz toʻlovlarni rivojlantirish doirasida oʻzaro hamkorlik, shuningdek, xalqaro toʻlov kartalaridan foydalanishni taʼminlash maqsadida “HUMO” milliy toʻlov tizimining imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Yakunda Markaziy bank va MasterCard Europe oʻrtasida chora-tadbirlar protokoli imzolandi.

Mazkur hujjatda oʻzaro aloqalarni va hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari oʻz ifodasini topdim. HUMO toʻlov tizimi tarmogʻida toʻlov vositalarini qabul qilish sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish, yaratilgan toʻlov infratuzilmasida MasterCard kartalarining foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasi aholisining moliyaviy savodxonligini oshirish boʻyicha birgalikda tadbirlar oʻtkazish shular jumlasidandir.

Muzokaralarda har ikki taraf ham fuqarolarimizning xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda MasterCard toʻlov vositalaridan foydalangan holda HUMO toʻlov kartalari imkoniyatlarini kengaytirish istagida ekanligini bildirishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?