Humo kartalari qachon ishga tushirilishi maʼlum boʻldi

15:01 17 Aprel 2019 Iqtisodiyot
1146 0

Joriy yilning may oyidan boshlab Humo kartalari umum foydalanish uchun muomalaga chiqariladi. Bu haqda Banklararo milliy protsessing markazi vakillar maxsus tashkil qilingan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, yil oxiriga qadar mazkur toʻlov tizimi butun Oʻzbekiston boʻyicha toʻla tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda. Ayni vaqtda mazkur karta test rejimida Markaziy bank va bir qator tijoriy bank xodimlari tomonidan ishlatib koʻrilmoqda.

Shu kunga qadar mazkur toʻlov tizimi kartalaridan foydalanish uchun 47 900 terminal oʻrnatilgan. Aynan mazkur ishlar sabab toʻlov tizimi nisbatan kechroq ishlab chiqarilgan. Humo terminallari Master Card, VISA kartalarini qabul qilish imkoniga ham ega boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?