Humo Arena ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etishi kutilmoqda

17:31 04 Mart 2019 Siyosat
664 0

Foto: "Xalq so'zi"

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi barpo etilayotgan Humo Arena muz saroyining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda. Ochilish marosimi joriy yilning 15 mart kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan maʼlumotga koʻra, tadbirda shuningdek, Rossiya hokkey va figurali uchish sport turi yulduzlari ishtirok etishadi. Jumladan, hokkey boʻyicha Olimpiada chempioni Pavel Bure, olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Valeriy Kamenskiy ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek marosimda hukumat va parlament vakillari, viloyat hokimlari, jamoatchilik tashkilotlari, madaniyat va fan arboblari, Oʻzbekistonning yetakchi sportchilari, paralimpiya oʻyinlari chempionlari, diplomatik korpus vakillari, sport maktablari hamda mehribonlik uylari bolalari ham ishtirok etishadi.

Maʼlumot uchun, Humo Arena 7 qavatdan iborat boʻlib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadratni tashkil qiladi. Majmua 12 mingdan ortiq tomoshabinni oʻz bagʻriga sigʻdira olishi mumkin. Bundan tashqari, u yerda 1600 oʻrinli avtoturargoh bor.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?