“Humo Arena” muz saroyi shu yil oxirida foydalanishga topshiriladi

14:20 01 Iyun 2018 Siyosat
1402 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari tutashgan joyda qurilayotgan ko‘p tarmoqli sport saroyini borib ko‘rdi.

Bu yerda qurilish ishlari 2017 yil fevral oyida boshlangan edi. Arena uch xil: muz, sport va konsert tartibida ishlaydigan bo‘ladi. Zaruratga qarab, bir holatdan boshqasiga moslashtiriladi. Unda xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling bilan shug‘ullanish, basketbol, voleybol, futzal, kurash, boks, qilichbozlik, taekvondo kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun zamonaviy sharoit yaratiladi. Shuningdek, bu yerda konsertlar, ko‘rgazma va konferensiyalar tashkil etish ham mumkin bo‘ladi. Rejaga ko‘ra, mazkur majmua joriy yil dekabr oyida, Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi.

Davlatimiz rahbari majmua qurilishining borishi bilan tanishdi.Bu inshoot ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini, butun yil davomida ishlashi zarurligini ta’kidladi. Bu yerda shug‘ullanadigan sport jamoalarini shakllantirish, ular uchun sport kiyimlari va anjomlarini ishlab chiqaradigan korxona tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?