“Humo Arena” muz kompleksi bitguncha Toshkent shahri Beshyogʻoch koʻchasida harakatlanish cheklandi 

16:48 17 Dekabr 2018 Jamiyat
460 0

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentning Beshyogʻoch koʻchasi boʻylab 17 dekabrdan 1 martga qadar harakatlanish cheklanadi.

Ushbu qaror Toshkent shahar hokimining 2018 yil 11 dekabrdagi koʻrsatmasiga asosan qabul qilingan, deyiladi IIBB matbuot xizmatining xabarida.

Maʼlum qilinishicha, “Humo Arena” muz kompleksining qurilishi munosabati bilan barcha turdagi avtomobillarga (qurilishda ishtirok etayotgan avtomobillardan tashqari) Beshyogʻoch koʻchasining Furqat koʻchasidan Afrosiyob koʻchasiga qadar harakatlanish cheklanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?