“Hummer” brendi super elektromobil koʻrinishida qayta tiklanadi

10:49 22 Oktyabr 2020 Dunyo
200 0

General Motors kompaniyasi Hummer brendini qayta tiklashga qaror qildi. Aynan shu yorliq ostida kompaniya kelgusi yil kuzidan boshlab Hummer EV “Edition 1” elektr yoʻltanlamasini ishlab chiqarishni boshlaydi va  sotuvga chiqariladi. Hozircha uning namunaviy ko'rinishi omma eʼtiboriga havola etildi.

Buni qarangki, mazkur yangilikdan soʻng GM aksiyalari narxi ham koʻtarilgan. Masalan, chorshanba kuni ularning har biri 2,3 foiz qimmatlashgan.

Zamonaviy ulovning dastlabki narxi esa 112 595 dollar boʻlishi maʼlum qilindi. 2023 va 2024-yildan boshlab arzonroq variantlari taqdim etilishi kutilyapti.

Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, yangi model yoʻl tanlamaydigan super yuk tashuvchi boʻlib, tengi yoʻqdir.

Hummer EV “Edition 1” uch dvigatelli toʻliq gʻildirak tizimiga ega, 3 soniyada xuddi sport mashinalari kabi 100 km/soatgacha tezlik oladi. Soddalashtirilgan pnevmotik tizim va “qisqichbaqa rejimi” toʻrtta gʻildirakning bir vaqtning oʻzida aylanishiga imkon beradi. Bu esa unga yoʻldagi toʻsiqlarni deyarli qiyinchiliklarsiz yengib oʻtish imkonini beradi. 

Bundan tashqari, model 160 km.gacha yetadigan zaryadni 10 daqiqada oladi. Yana koʻplab yangi texnologiyalar, jumladan, mashinani magistrallarda qoʻllar harakatisiz boshqarish imkoniyati mavjud.

Aytib oʻtilganidek, uning 2022-yilning kuzida 100 ming dollarlik va 2023-yil bahorida 90 ming dollarlik nisbatan arzonroq versiyalari paydo boʻladi. Ularning toʻliq quvvat zaxirasi 480 km. masofani bosib oʻtishga yetadi.  

2024-yil koʻklamida esa 400 km. quvvat zaxirasiga ega ikki dvigatelli modeli taqdim etilishi rejalashtirilgan. Uning narxi 80 ming dollar boʻladi. 

“Hummer EV uchun bitta maqsadimiz bor edi: eng kuchli mashinani yaratish”, deydi brendning bosh muhandisi Al Oppengeyzer.

"U suzish va uchishdan tashqari qolgan barcha harakatlarni qiladi, deb oʻylayman, deydi GM vitse-prezidenti Dunkan Aldred. — Bu mukammal mashinaga oʻxshaydi. Unda har qanday xaridor uchun nimadir bor".

Kompaniya elektrda harakatlanadigan yoʻltanlamaslar ishlab chiqarish loyihasiga 2025-yilga qadar 20 mlrd. dollar investitsiya kiritmoqchi. Shu asosda bir yilda AQSH va Xitoy bozorlarida 1 millionta elektromobil sotishni maqsad qilgan. 

Bu yoʻlda u 2021-yilda Cybertruck yoʻltanlamasini taqdim etishga vaʼda bergan Tesla hamda  2022-yilda F-150 elektropikapini bozorga chiqarishni maqsad qilgan Ford Motor bilan raqobatga kirishishiga toʻgʻri keladi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?