Hulkar Abdullayevaga so‘nggi video klipini qayta to‘g‘rilash tavsiya etildi

18:17 12 May 2018 Madaniyat
486 0

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshida qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda “Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan “Dard” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni qayta to‘g‘irlash tavsiya qilindi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati XS.uz’ga ma’lum qildi.

“Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullayeva tomonidan “Dard” deb nomlangan qo‘shiqning so‘zlari va ijrosi yaxshiligi alohida ta’kidlanib, lekin qo‘shiqqa ishlangan klipdagi kadrlardan nojoiz foylanganligi bois, ushbu klipni qayta to‘g‘rilash tavsiya etildi.
“O‘zbekkonsert” davlat muasassasi matbuot xizmati
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?