Hukumatning yangi tarkibi deputatlar tomonidan maʼqullandi. Abduhakimov Bosh vazir oʻrinbosari va Turizm qoʻmitasi raisi sifatida ishlaydi

18:12 22 Yanvar 2020 Siyosat
803 0

Oʻzbekiston hukumati tarkibida oʻzgarishlar roʻy beradi. Transport va madaniyat vazirliklarida, shuningdek, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasida yangi rahbarlar ish boshlaydi.

Bugun, 22-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi shakllangan parlament quyi palatasi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqishdi.

Parlament quyi palatasida qaror topgan yangi amaliyot asosida Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitalarida, soʻngra siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilgan edi. Majlisda Hukumat aʼzosining lavozimiga nomzodlarning har biri Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, istiqbolga moʻljallangan maqsadli aniq koʻrsatkichlar va natijalarga erishish borasidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejasini taqdim etishdi.

Shundan soʻng savol-javoblarga oʻtildi.

Hukumat aʼzoligiga nomzodi koʻrsatilganlar parlament aʼzolari tomonidan koʻtarilgan dolzarb masalalar hamda savollarga atroflicha javob qaytardilar. Ular eʼtiboriga mazkur lavozimga kirishganidan soʻng vazirliklar bilan parlament oʻrtasidagi munosabatlar yanada faol va samarali boʻlishini bildirishdi.

Savol-javob va qizgʻin muhokamalardan soʻng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Hukumat aʼzoligiga nomzodlarni lavozimiga maʼqullash haqida qaror qabul qilishdi.

Ushbu Qarorga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga – Ramatov Ochilboy Jumaniyazovich;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – moliya vaziri lavozimiga – Qoʻchqorov Jamshid Anvarovich;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga – Abduhakimov Aziz Abduqahhorovich;

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Oʻzbekiston xotin–qizlar qoʻmitasi raisi lavozimiga – Bositxonova Elmira Irkinovna;

Transport vaziri lavozimiga – Gʻaniyev Elyor Majidovich;

Qurilish vaziri lavozimiga – Zokirov Botir Erkinovich;

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri lavozimiga – Soliyev Muzaffar Xoldarboyevich;

Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga – Xoʻjayev Botir Asadillayevich;

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga – Husanov Nozim Baxtiyorovich;

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga – Umurzoqov Sardor Oʻktamovich;

Energetika vaziri lavozimiga – Sultonov Alisher Saidabbosovich;

Qishloq xoʻjaligi vaziri lavozimiga – Xoʻjayev Jamshid Abduhakimovich;

Suv xoʻjaligi vaziri lavozimiga – Hamroyev Shavkat Rahimovich;

Adliya vaziri lavozimiga – Davletov Ruslanbek Kuroltayevich;

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga – Majidov Inom Urishevich;

Xalq taʼlimi vaziri lavozimiga – Shermatov Sherzod Xotamovich;

Maktabgacha taʼlim vaziri lavozimiga – Shin Agrippina Vasilyevna;

Sogʻliqni saqlash vaziri lavozimiga – Shodmonov Alisher Qayumovich;

Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimiga – Nabiyev Dilmurod Hamidullayevich;

Innovatsion rivojlanish vaziri lavozimiga – Abdurahmonov Ibrohim Yoʻlchiyevich;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga – Sodiqov Shuhrat Muhamadjanovich;

Madaniyat vaziri lavozimiga – Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich;

Mudofaa vaziri lavozimiga – Qurbonov Bahodir Nizomovich;

Ichki ishlar vaziri lavozimiga – Bobojonov Poʻlat Razzaqovich;

Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga – Xudaybergenov Tursinxon Aydarovich; 

Tashqi ishlar vaziri lavozimiga – Komilov Abdulaziz Hafizovich;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga – Qoʻchqorov Bahrom Toʻlqinovich;

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga – Ismoilov Oybek Ortiqovich;

Davlat statistika qoʻmitasi raisi lavozimiga – Begalov Bahodir Abdusalomovich;

Davlat soliq qoʻmitasi raisi lavozimiga – Musayev Behzod Anvarovich;

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi lavozimiga – Islamov Bobir Farhodovich;

Davlat bojxona qoʻmitasi raisi lavozimiga – Azimov Murotjon Berdialiyevich;

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga – Abdullayev Abdushukur Hamidovich;

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga – Bakirov Nizomiddin Jalilovich;

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga – Norqobilov Bahromjon Toʻrayevich;

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga – Gulyamov Baxtiyor Vaxabovich nomzodi maʼqullandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?