Hukumat deputatlarga 150 dona “Apple iMac“ kompyuterlarini olib berdi

10:36 21 Dekabr 2018 Siyosat
289 0

Illyustrativ foto

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari uchun 150 dona “Apple iMac“ 21,5 Retina 4K kompyuteri, palata uchun server va kommunikatsiya uskunalari (Wi Fi xizmati) olib berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori imzolandi.

Qaror bilan palataga 2018 yil 25 dekabrgacha kompyuter texnikasi, 2019 yil 1 fevralgacha server va kommunikatsiya uskunalari bepul yetkazib beriladi va oʻrnatilishi belgilab qoʻyilgan.

Kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalari, dasturiy taʼminlash, shuningdek, unga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va yetkazib beruvchilar yoki pudratchilar tomonidan olib kiriladigan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar 2019 yil 1 avgustgacha muddatda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi (bojxona yigʻimlari bundan mustasno).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?