Hukumat binosiga hujum uyushtirildi. 43 kishi qurbon bo`ldi

14:44 25 Dekabr 2018 Dunyo
557 0

Foto: Nigramma.Ru

Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrida joylashtirilgan hukumat binosiga qurolli hujum uyushtirilishi oqibatida 43 kishi qurbon boʻldi, 10 kishi jarohatlandi.

Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga tayanib Sinxua xabar berdi. Vazirlik qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytgan. Sababi huquq-tartibot organlari xodimlari va qutqaruvchilar binoda qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu hujum kecha sodir etildi. Terrorchi-xudkush binodagi mashinalardan birini portlatgan. Soʻngra ikkita jangari odamlarga qarata oʻt ochgan. Ayni paytgacha Afgʻoniston hududidagi birorta jangarilar guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?