Hududlarni rivojlantirish uchun 1,5 trln soʻm ajratiladi

11:26 17 Oktyabr 2020 Hujjatlar
328 0

“Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yilda Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun 17,1 trln soʻm, shuningdek, Prezident topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun 1,5 trln soʻm mablagʻlar ajratiladi.

Tuman markazlari va shaharlarning meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishga 2021-yilda 1,4 trln soʻm mablagʻ ajratiladi.

Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga ularning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan mablagʻlar ajratilishi munosabati bilan, ularga yoʻnaltiriladigan markazlashgan investitsiya hajmlari mos ravishda qisqartiriladi.

2022-yildan byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar Oʻzbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladi.

Qarorga koʻra, 2021-yilda eksperiment tariqasida 10 ta obyektga injiniring xizmatlarini koʻrsatish uchun tadbirkorlar jalb etiladi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamkorligida “Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA)” tizimi sinov tariqasida ayrim tarmoqlarda qoʻllaniladi, keyinchalik bosqichma-bosqich keng joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?