Hududlarda sayyor majlislar oʻtkazish tartibi qanday?

17:43 11 Aprel 2019 Jamiyat
287 0

Illyustrativ foto

Hukumat qarori (295-son, 10.04.2019 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, sayyor majlislar joylarda aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oʻrganish uchun oʻtkaziladi.

Quyidagilar sayyor majlislarning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:

- Harakatlar strategiyasidagi, davlat dasturlaridagi vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar byudjetlarining maqsadli ijrosini taʼminlash;

- rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish va boshqalar.

Sayyor majlislar tizimli asosda har chorakda oʻtkaziladi. Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yigʻilishi shaklida oʻtkaziladi.

Sayyor majlislarga Bosh vazir boshchilik qiladi. Prezident ham majlislarga boshchilik qilishi mumkin.

Sayyor majlislarga Qonunchilik palatasi, Senat, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari taklif etilishi mumkin.

Sayyor majlis yakuni boʻyicha qaror qabul qilinadi hamda uning ijrosi ustidan nazorat Hukumat apparati tomonidan amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?