Hududlarda qolipli non (buxanka) qanchadan sotilmoqda?

15:59 12 Noyabr 2019 Iqtisodiyot
890 0

Soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonda qolipli non (buxanka)ning narxlari oshgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda juda koʻplab postlar eʼlon qilinmoqda. Bu Bahs va munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda.

“Xalq soʻzi“ nashri bugun 12-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridagi holatni oʻrganib chiqdi va bozorlarimizda sotilayotgan buxankaning narxlarini aniqladi.

Quyida hududlarda “buxanka“ qanchadan sotilayotgani bilan tanishib olishingiz mumkin:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi— 1500 soʻm
  • Andijon viloyati— 1500-1800 soʻmgacha
  • Buxoro viloyati— 1500 soʻm
  • Namangan viloyati— 1600-2000 ming soʻmgacha
  • Jizzax viloyati— 1350-1400 ming soʻmgacha
  • Navoiy viloyati— 1500 soʻmgacha
  • Samarqand viloyati— 1400-1500 soʻmgacha
  • Sirdaryo viloyati— 1500-1700 soʻmgacha
  • Qashqadaryo viloyati— 1300-1500 soʻmgacha
  • Fargʻona viloyati—1600 soʻm
  • Xorazm viloyati—1500 soʻm
  • Toshkent viloyati—2000 soʻm
  • Toshkent shahri—1500-2000 soʻmgacha

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?