Hududlarda pavlovniya plantatsiyalari tashkil qilinadi

13:27 29 Avgust 2020 Iqtisodiyot
445 0

«Respublikada tez oʻsuvchi va sanoatbop pavlovniya daraxti plantatsiyalarini barpo qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Hukumat qarori (520-son, 27.08.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, suv tanqis, yer osti suvlari 30 metrdan pastda joylashgan foydalanilmayotgan zaxira maydonlarda hamda oʻrmon fondining suv tanqis yoki tuprogʻi shoʻr boʻlgan yerlarida sinov tariqasida 2020-2024-yillarda pavlovniya plantatsiyalari tashkil qilinadi.

Qarorga koʻra, belgilangan yillarda respublika boʻyicha pavlovniya plantatsiyalarini tashkil etish orqali 4000 gektar zaxira yerlarda 2 mln 990 ming dona hamda 1000 gektar oʻrmon fondi yerlarida 747 ming 500 dona pavlovniya daraxti koʻchatlarini yetishtirish nazarda tutilgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan talabgorlarga pavlovniya yetishtirish uchun yer uchastkalari ijara huquqi asosida ajratiladi.

Pavlovniya plantatsiyalari barpo etish uchun har bir loyihaga 100 gektardan kam boʻlmagan yer maydoni ajratiladi.

Shuningdek, 2021-yildan boshlab har yili oʻtkaziladigan innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida pavlovniya daraxti va undan olingan mahsulotlar namunalari bilan ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar va fermerlar keng miqyosda tanishtirib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?