Dunyodagi yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilardan biri eng yomon davrlarni boshdan kechirmoqda

16:28 10 Avgust 2018 Dunyo
367 0
Foto: НТС

Tayvanning HTC smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘z faoliyatidagi eng yomon davrlarni boshdan kechirishdan davom etmoqda. O‘tgan oyda mazkur brendning savdo ko‘rsatkichlari oxirgi 15 yil davomidagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi, deb yozadi Ferra manbasi.

Agar ushbu kompaniya mahsulotlari savdosi joriy yil iyun oyida 68 foiz pastlab, 45,7 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, iyul oyida 77 foiz qisqarib ketdi.

Umuman, shu yil birinchi yarmida HTC 555 mln. dollar daromad ko‘rdi. Bu 2017 yilning tegishli davriga nisbatan 54 foiz kamdir.

2018 yilda Tayvan kompaniyasi faqat bittagina yangi smartfon – HTC U12 Plus ni taqdim etdi.

Boz ustiga, iyun oyida katta miqdordagi ish o‘rinlari, to‘g‘rirog‘i jami shtatning chorak qismi (1,5 ming kishi) qisqartirilishini ham ma’lum qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?