Hozirgi vaziyatda toʻy marosimlari oʻtkazish tartibi qanday? Toʻyxonalarga ruxsat berildimi?

14:39 28 Oktyabr 2020 Jamiyat
500 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Botir Qurbonov quyidagicha javob qaytardi:

— Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-sentyabrdagi yigʻilish bayoniga asosan karantin choralarini yumshatish munosabati bilan 2020-yil 1-oktyabrdan toʻyxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan.

Bunda, toʻyxonalar oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishi belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?