Hozirgi sharoitda texnik koʻrikdan oʻtkazmaganlik uchun avtomobillarga jarima yoziladimi?

09:56 03 Iyul 2020 Jamiyat
287 0

Shu boʻyicha AOKA shtabiga savol kelib tushdi. Unga IIV Matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov javob berdi.

Savol: 1-iyulda avtomobilimning majburiy texnik koʻrikdan oʻtish muddati tugadi. Hozirgi sharoitda texnik koʻrikdan oʻtkazmaganlik uchun avtomobillarga jarima yoziladimi?

Javob: Majburiy texnik koʻrikdan oʻtish muddati tugagan transport vositalari haydovchilari transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 125-moddasi 2 qismiga asosan jarimaga tortiladi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, hozirgi kunda respublikamizning barcha hududlarida transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli, majburiy texnik koʻrikdan oʻtish muddati oʻtgan transport vositalari haydovchilari oʻz transport vositalarini belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkazishlari mumkin.

Karantin tadbirlari davom ettirilayotgan “Qizil” toifadagi hududlarga kiritilgan (ayrim tuman-shahar)lar bundan mustasno.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?