Hojilarimiz uchun yana bir qulaylik yaratildi

15:11 03 Avgust 2019 Jamiyat
297 0

“Xalq soʻzi“ maxsus muxbiri Said Rahmonov Saudiya Arabistonining Makka shahridan xabar qiladi.

Ayni damda, Makka shahridagi “Abroj al—hidoya” mehmonxonasida hojilarimiz bilan maʼrifiy suhbat boʻlib oʻtmoqda. Unda Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, “Haj- 2019” mavsumi Ishchi guruhi rahbari J.Akramov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, shifokorlar guruhi rahbari A.Saatov, ishchi guruh aʼzolari, guruh rahbarlari va hojilar ishtirok etmoqda.

Mazkur maʼrifiy uchrashuvda hojilarga kerakli tavsiya va maslahatlar berilmoqda. Jumladan, “Haj-2019” ishchi guruhi raisi J.Akramov soʻzga chiqib, hojilarga muhim bir yangilikni eʼlon qilib, shunday dedi:“Oldinlari zamzam suvini har bir hoji Jidda aeroportidan oʻzi bilan olib ketardi. Bu yilgi hojilarimizga qulaylik yaratish, ularni ortiqcha urintirmaslik maqsadida, har bir hojiga sovgʻa tariqasida beriladigan 5 litrlik zamzam suvi havo laynerlarimiz orqali Jidda-Toshkent, Jidda-Samarqand, Jidda-Nukus, Jidda-Qarshi, Jidda-Urganch, Jidda-Namangan, Jidda-Buxoro yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekistonga yetkazib beriladi. Bu ham, albatta, “Haj-2019” mavsumi hojilari uchun navbatdagi yangilik va qulayliklardan biridir”

Uchrashuv yakunida hojilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?