Hotamjon Ketmonovning yangi ish joyi maʼlum boʻldi

11:06 03 Iyun 2019 Siyosat
379 0

Hukumat qarori bilan Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, H. Ketmonov ilgari Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan. Oʻtgan haftada uning oʻrniga sobiq Xalq taʼlimi vaziri Ulugʻbek Inoyatov partiya rahbari lavozimiga tayinlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?