Hokkey boʻyicha ilk Oʻzbekiston chempionatining gʻolib va sovrindorlari aniqlandi

11:26 17 Aprel 2019 Sport
374 0

Poytaxtimizdagi “Ice City” muz maydoni mezbonlik qilgan hokkey boʻyicha birinchi bor oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida barcha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi. Xabar berib oʻtganimizdek, bosh sovrin uchun finalda “Binokor” hamda “Semurgʻ” jamoalari kuch sinashdi.

Jamoalarning murosasiz kechgan qarama-qarshiligida gʻolib nomini aniqlash uchun 5 ta oʻyin kerak boʻldi. Hal qiluvchi uchrashuvda “Semurgʻ” raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay 4:1 hisobida ustun kelib, hokkey boʻyicha ilk bor oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida gʻalaba qozondi.

Hokkey boʻyicha Oʻzbekiston chempionati. Final
“Semurgʻ” – “Binokor” 4:1 (seriyalar boʻyicha 3:2)

Taʼkidlash joiz, bronza medallari “Humo” jamoasiga nasib etdi. Tantanali taqdirlash marosimida mavsumda oʻzini koʻrsatgan bir qator hokkeychilarga shaxsiy sovrinlar topshirildi. Unga koʻra “Binokor” aʼzosi Javohir Rasulov chempionatning eng foydali hokkeychisi boʻldi. “Semurgʻ” hujumchisi Sergey Golev esa eng yaxshi toʻpurar va hujumchi deb topildi. Shuningdek, Aleksandr Zokirov (“Binokor”) eng yaxshi darvozabon, Konstantin Govrilenko (“Semurgʻ”) esa eng yaxshi himoyachi boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?