“Hokimiyat organlari axborot xizmatlari aholini qiynab kelayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda oʻrganmaydi”

12:28 20 Noyabr 2020 Jamiyat
277 0

Bu haqda Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mahmud Parpiyev yuqori palataning toʻqqizinchi yalpi majlisida aytib oʻtdi.

— Hokimiyat organlarining axborot xizmatlari tuman yoki shahar aholisini qiynab kelayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda oʻrganmaydi, tahlil etmaydi va oʻz vaqtida yoritmaydi, — dedi u. — Ayrim vazirlik, idoralar, hokimliklar ommaviy axborot vositalari orqali murojaatlarga oʻz vaqtida munosabat bildirmay kelmoqda.

Turli internet tarmoqlarida tanqid boʻlyapti, eʼtirozlar bildirilyapti, lekin bunga javob yoʻq, munosabat yoʻq.

Masalan, Uy-joy xizmat koʻrsatish vazirligi 420 ta murojaatning — 176 tasiga, Sogʻliqni saqlash vazirligi 354 ta murojaatning — 132 tasiga, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi 253 ta murojaatning — 140 tasiga, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 83 ta murojaatning — 42 tasiga, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 83 ta murojaatning — 39 tasiga javob bermagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?