Hokim oʻrinbosari namunali toʻy oʻtkazdi

13:07 09 Sentyabr 2019 Jamiyat
169 0

Yaqinda Termiz shahrida yana bir namunali toʻy oʻtkazildi. “Shohsaroy” toʻyxonasida boʻlib oʻtgan Anvarjon va Munisaxonning nikoh toʻyiga 167 nafar kishi qatnashdi. Bu haqda Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eng yaqin qarindoshlar, kichik jamoa, kelin-kuyovning oila aʼzolari ishtirokida ixcham, dabdabadan xoli oʻtkazilgan visol oqshomida kuyovning ota-onasi Hamid aka va Muborak opaning mehmondoʻstlik, xushmuomalalik xislatlari namoyon boʻldi, orzu-havaslari ushaldi.

“Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi baxtli oilaning baxtiyor kelin-kuyovlari – viloyat hokimining oʻrinbosari Anvarjon Oripov hamda Munisaxon Oripovani ushbu qutlugʻ kun bilan tabriklab, ularga mustahkam sogʻlik, shirin turmush, namunali hayot tilaydi!” deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, Anvarjon Oripov Surxondaryo viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?