Hokim gʻalla rejasini bajargan tuman dehqonlariga tabrik yoʻlladi

18:20 20 Iyun 2019 Jamiyat
451 0

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali gʻalla yetishtirishda oʻz hissasini qoʻshgan nurobodlik barcha fermer xoʻjaliklarining rahbar-xodimlariga, gʻallakorlarga viloyatda birinchilardan boʻlib davlatga gʻalla topshirish rejasini ortigʻi bilan bajarganlari uchun samimiy tabrik yoʻlladi.

Nurobodlik tajribali dehqonlar 2019-yil hosili uchun 2010 gektar sugʻoriladigan, 19000 gektar lalmikor maydonlarda bugʻdoyning ertapishar va serhosil navlarini yetishtirib, rejadagi 9 ming 328 tonna oʻrniga 9 ming 452 tonna don topshirishdi. Yalpi hosil suvli maydonlarda oʻrtacha 51,1 sentnerni, lalmikor maydonlarda esa oʻrtacha 11-12 sentnerni tashkil etdi.

Umid SORIYEV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?