Hokim 106 yoshli momoga “Shuhrat” medalini olib borib berdi

11:35 30 Avgust 2019 Jamiyat
58 0

Xatirchilik 106 yoshli Malika momo Tojiyevaga Prezident nomidan “Shuhrat” medali tantanali ravishda topshirildi.

Malika momo mamlakatimiz Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan 100 yoshdan oshgan piru badavlat onaxonlardan biri.

Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida istiqomat qiluvchi 106 yoshli Malika Tojiyevaga mukofotni davlatimiz rahbari nomidan viloyat hokimi Q. Tursunov topshirdi. Uzoq umr koʻrish siriga qiziquvchilariga onaxon qisqagina qilib, “mehnat va feʼli kenglik”, deya javob berdi. Rostdanam onaxon bir umr qoʻl mehnati bilan shugʻullanib, Katta Fargʻona kanali, Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilishlarida ishtirok etgan.

U dorilamon kunlarda 9 farzand, 35 nafar nevara, 65 chevara hamda 6 nafar evaraning medalli momosidir.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?