Hisob palatasi raisiga birinchi oʻrinbosar va o'rinbosar tayinlandi

18:39 17 Sentyabr 2020 Jamiyat
338 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentyabrdagi Farmoni bilan Turabov Baxodir Tuxtamishovich Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Turabov 1972-yil Surxondaryo viloyatida tugʻilgan.

1994-yil Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000-yil Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2007-yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

B.Turabov 2011-2015-yillarda Moliya vazirligi boshqarma boshligʻi, Bosh boshqarma boshligʻi vazifasida mehnat qilgan.

2015-2017-yillarda “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Bosh boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori, shoʻba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.

2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida rais oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

2019-yil sentyabrdan tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Prezidentning ushbu Farmoni bilan Saidkarimov Saidlaziz Saidasilovich Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Saidlaziz Saidkarimov 1982-yil Toshkent viloyatida tugʻilgan.

2002-yil Oʻzbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

S.Saidkarimov 2002-2009-yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda ishlagan.

2009-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018-yil fevraldan tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?