Hindlar Qarshida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

19:40 13 Mart 2020 Iqtisodiyot
394 0

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Hindistonning “Chemi Kleen India PVT Ltd” kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mehmonlar delegatsiyasi boshligʻi Anupam Bxardvaj viloyat hokimiga samimiy qabul uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Hamda Qarshi tumanida kompaniyaning filiali ochilishidagi hamkorlikdan mamnun ekanligini maʼlum qildi.

Hindistonlik biznesmen kelgusi yillarda xoʻjalik mollari va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasiga 1 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Qashqadaryo viloyatida yetishtirish va qayta ishlash orqali chet el bozoriga eksport qilish istagi borligini ham bildirib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?