Hindistonning “The Blue Moon” jurnalida Xiva haqida maqola chop etildi

14:50 02 Dekabr 2019 Welcome to uzbekistan
136 0

Hindistonning eng ommabop nashrlaridan biri — “The Blue Moon” jurnalida qadimiy Xiva shahri haqida maqola chop etildi.

“Xiva: qalbingizni rom qilishi mumkin boʻlgan qadimiy oʻzbek shahri” sarlavhali maqolada koʻhna kentning dunyoga mashhur tarixiy yodgorliklari hamda uning ulkan sayyohlik salohiyati haqida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari jurnalda “Xiva — misli koʻrilmagan ulugʻvorlik” va “Oʻzbekistonda turizmning oʻsishi qayd etilmoqda” mavzularida ham maqolalar eʼlon qilingan.

Odilbek ODAMBOYEV
(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?