Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi oʻz missiyasini yakunlamoqda

14:38 23 Aprel 2019 Siyosat
186 0

2019 yilning 23 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov oʻz diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumarni qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston — Hindiston hamkorligining joriy kun tartibi hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki mamlakat rahbarlarining muntazam muloqoti asos boʻlgan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajada ekanligi mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi oʻzaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan asosiy masalalarni muhokama qilish uchun soʻnggi yarim yilda ikki marta uchrashgani alohida qayd etildi.

Muloqot chogʻida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari ham koʻrib chiqildi.

Suhbat yakunida vazir ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp tomonlama sherikchilikning izchil rivojlanishida Vinod Kumarning shaxsiy hissasiga yuqori baho berdi.

Elchi Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxona rahbari sifatidagi faoliyatida koʻrsatilgan barcha yordamlar uchun oʻz minnatdorchiligini bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?