Hindistonning yirik kompaniyasi Andijonda oʻz korxonasini tashkil etadi

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Kuni kecha Prezidentimizning “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, “Andijon-farm” EIZ respublikamizda yuqori texnologiyali farmatsevtika korxonalarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshiradi. Buning uchun Hindiston Respublikasidan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etiladi, mahalliy dorivor oʻsimliklar xom ashyosi qayta ishlanadi, natijada tibbiyot sohasi yuqori sifatli dori vositalari bilan taʼminlanadi.
Farmon ijrosini taʼminlash yuzasidan dastlabki ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ayni paytda Hindistonda xizmat safarida boʻlib turibdi va bugun ushbu mamlakatning 85 yillik tarixga ega boʻlgan “Taj Pharmaceuticals Limited” kompaniyasi bilan 10 million AQSH dollarilik kelishuvni imzoladi. Ushbu kompaniyada 450 dan ortiq turdagi dori mahsulotlari ishlab chiqariladi hamda dunyoning 30 dan ortiq davlatlariga eksport qilinadi.
Kompaniyaning Andijon viloyatidagi korxonasi tashkil etilishi farmatsevtika taraqqiyotiga, tibbiyotimizning yuqori sifatli dori vositalari bilan taʼminlanishiga, tabiiyki, yangi ish oʻrinlari yaratilishi va aholi daromadining oshishiga xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: