Hindistonliklar Toj Mahalni qanday qilib asrab qolishmoqchi?

17:06 10 Dekabr 2018 Dunyo
757 0

Arxiv foto

Hindistonning Agra shahridagi Toj Mahal ziyoratgohiga tashrif buyurish narxi oshirildi. Bu haqda Hindiston arxeologiya boshqarmasi boshligʻi Vasant Kumar Svarnkaar maʼlumotiga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Qoʻshimcha toʻlov obidaning asosiy joyi — Boburiylar avlodi boʻlgan Shoh Jahon va uning turmush oʻrtogʻi Mumtoz Mahalbegim qabrlarini ziyorat qilishni xohlaydiganlardan undirib olinadi. Buning uchun endilikda chipta uchun mahalliy aholi 250 rupiy (3,5 AQSH dollari), xorijliklar esa 1,3 ming rupiy (18,5 dollar) toʻlaydi.

Hindiston madaniyat vazirligidan maʼlum qilinishicha, mazkur qaror Toj Mahalga tashrif buyuruvchilar sonini cheklashga xizmat qiladi, sababi qadimiy qadamjoning ichki qismi turistlarning toʻxtovsiz oqimi tufayli buzilishda davom etayotir.

“Avvaliga Toj Mahalni bunday koʻp miqdordagi ziyoratchilardan qutqarish uchun hatto ikkita chipta tizimini kiritish rejalashtirilgan edi”, - deydi vazirlik vakili.

Eslatib oʻtamiz, Toj Mahal boburiy hukmdor Shoh Jahon tomonidan turmush oʻrtogʻi, toʻrtinchi farzandini dunyoga keltirayotib, hayotdan koʻz yumgan Mumtoz Mahalbegim sharafiga XVII asrda bunyod etilgandi. Mazkur koʻhna obida Hindistonning “tashrif qogʻozi” va u yerdagi eng mashhur yodgorlik hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?