Hindistonlik mutaxassis nima uchun koronavirus juda tez tarqalayotgani sababini topdi

14:28 10 Fevral 2020 Dunyo
1536 0

Illyustrativ surat

Hindiston Milliy texnologiya institutining katta tibbiy maslahatchisi Madan Gopal koronavirusning tez tarqayotgani borasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. 

Uning soʻzlariga koʻra, bu odamlarning xatti-harakatlari bilan bogʻliq. Aholisi zich joylashgan mamlakatlarda yovvoyi hayvonlarni isteʼmol qilinadi hamda ulardan anʼanaviy tibbiyot retseptlari asosida dori-darmonlar tayyorlanadi. Shu tariqa yovvoyi hayvonlar bilan munosabat yuzaga keladi.

Koronaviruslar oilasi zootikdir, yaʼni guruhning barcha “vakillari“ hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin. Shu bois har qanday tirik mavjudotlar infeksiya tashuvchisi boʻlishi mumkin. Bu esa vaziyatni yana-da murakkablashtiradi. Bunday sharoitda esa nafaqat odamlarni, balki ularning uy hayvonlarini ham davolash kerak boʻladi.

Koronaviruslar umumiy shamollash bilan birga ogʻir koʻrinishdagi holatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bularning barchasi virusning oʻziga xos turiga va inson immunitetiga bogʻliqdir.

Xitoy Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi tasdiqlagan maʼlumotga koʻra mamlakatda koronavirusni yuqtirganlar soni 40,171 kishini tashkil etadi. Mamlakat tashqarisida esa infeksiya bilan bogʻliq 558 holat qayd etilgan. Kasallik tufayli 910 kishi hayotdan koʻz yumgan. Vafot etganlarning 908 nafari Xitoy fuqarolaridir. Shuningdek, Gongkong va Filippinning bir nafardan fuqarosi hayotdan koʻz yumgan.

Hozigacha mazkur kasallik Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qoʻshma Shtatlar, Germaniya, Vyetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kambodja, Nepal, Ispaniya, Shimoliy Koreya, Ukraina mamlakatlari fuqarolarida aniqlangan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?