Hindistonlik investorlar “Olmazor City”da mehmonxona quradi

13:43 24 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
1482 0

Hindistonlik tadbirkorlar Olmazor tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy “Olmazor Business City” markazida mehmonxona qurishni rejalashtirimoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xuddi shu masala yuzasidan 22 oktyabr kuni Toshkent shahar hokimligida Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamentining “Turizm sohasi loyixalariga investitsiyalarni jalb qilish va istiqbolli xududlarni rivojlantirish” boʻlimi hodimlari va Hindistonlik tadbirkorlar bilan muzokara boʻlib oʻtdi.

“Muzokara davomida chet ellik investorlarga Toshkent shahrining turizm salohiyati hamda investitsion potensiali namoyon qilindi. Hindistonlik tadbirkorlarga “Olmazor Business City” loyihasida mehmonxona qurish taklifi kiritildi va bu horijlik investorlarda katta qiziqish uygʻotdi”, deyiladi hokimlik bayonotida.

Hokimlik bergan xabarda tadbirkorlarning kim ekani, qaysi kompaniya vakili ekanligiga oydinlik kiritilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?