Hindistonga ham chigirtkalar “hujum“ boshladi

17:21 27 May 2020 Dunyo
433 0

Foto: vesti.ua

Ayni paytda choʻl chigirtkalarining katta guruhi Hindistonning gʻarbiy hamda markaziy qismidagi ekin maydonlarini vayron qilmoqda. Bu holat Hindistonda oxirgi oʻttiz yil ichidagi eng yomon chigirtka “bosqini” ekanligi aytilmoqda.

Ushbu yebtoʻymas zararkunandalardan aziyat chekayotgan hududlarga kimyoviy moddalar sochish uchun dronlar, traktorlar hamda mashinalar yuborilgan. Chigirtkalar allaqachon 50 ming gektardagi ekinlarni vayron qilishga ulgurgan.

“Har biri 1 kvadrat kilometr maydonni egallovchi 10 ga yaqin chigirtka toʻdasi shu vaqtgacha Rajaston, Panjob, Xaryana va Madxya-Pradesh va Uttar-Pradesh shtatlarini oʻzlariga “uy” qilib olgan.

Ulardan eng koʻp zarar koʻrgan Rajaston shtatidir.

Taʼkidlanishicha, bu yil chigirtka mamlakatga kutilganidan ancha oldin kelgan.

Hindistonda 1993-yildan beri bunchalik katta hajmdagi chigirtka toʻdasi kuzatilmagan,deya xabar bergan tashkilot.

Mazkur hasharotlar bu ikki provinsiyadagi mavsumiy ekinlarga jiddiy xavf solmoqda hamda oʻzi shundoq ham koronavirus tufayli joriy qilingan cheklovlar sabab qiyinchilikka duch kelayotgan fermerlarga yana bir jiddiy muammo tugʻdirdi.

Mutaxassislar holat yana-da yomonlashib, iyun oyida Afrikadan Pokiston orqali Hindistonga yana chigirtkalar bostirib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bergan maʼlumotlarga koʻra, 40 milliondan iborat chigirtka toʻdasi 35 ming kishiga yoki oltita filga yetadigan ovqatni yeb bitirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?