Hindistonda ogʻirligi 900 kg. boʻlgan noyob baliq tutildi

14:58 05 Mart 2020 Lifestyle
259 0

Foto: orissapost.com

Hindistonda baliqchilar ogʻirligi bir tonnaga teng boʻlgan ulkan skat baligʻini ushlashdi.

Orissa Postʼning yozishicha, ushbu baliq Hindistonning Gʻarbiy Bengal shtatidagi qirgʻoqda tutilgan va suvdan zoʻrgʻa chiqarib olingan.

Baliqchilarning aytishicha, mamlakatning bu hududida bunday baliqlar kamdan kam holatlarda uchrar ekan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?