Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 5 million nafardan oshdi

19:02 16 Sentyabr 2020 Dunyo
187 0

Oʻtgan kun davomida Hindistonda 90 ming 123 kishida koronavirus aniqlandi. Jami infeksiyaga chalinganlar soni besh milliondan oshdi. Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra Hindistonda 5 020 359 kishi virusga chalingan. 

Shu kungacha koronavirusdan 82 066 kishi vafot etdi, shu jumladan, oʻtgan kun davomida 1290 kishi.

Hindiston COVID-19 kasalligining oʻsishi boʻyicha dunyoda yetakchi boʻlib qolmoqda va yuqtirganlarning umumiy soni boʻyicha AQSHdan keyin ikkinchi oʻrinda turmoqda.

1 milliondan ortiq kishi infeksiyaga chalingan Maharashtra shtati Hindistonda eng koʻp zarar koʻrgan mintaqa boʻlib qolmoqda, undan keyingi oʻrinlarda Andhra Pradesh, Tamil Nadu, Karnataka va Uttar Pradesh shtatlari ketmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?