Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 220 mingga yaqinlashdi

23:01 03 Iyun 2020 Dunyo
159 0

Hindistonda 3-iyun kungi holatga koʻra, koronavirusga chalinganlar soni 216 429 nafarga yetdi. Aholi soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turuvchi bu mamlakatda koronavirusning avj nuqtasi hali yetib kelmagani aytilmoqda.

Hindistonda oʻtgan bir sutka davomida 8944 kishining koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻldi.

“Biz virus tarqalishining avj pallasiga yetib borishimizga hali ancha bor”, deydi shifokor Nivedita Gupta. Bundan avval hukumat vakillari yangi kasallanish holatlarining kamayishi iyunning oxirida yoki iyulda boshlanishi mumkinligini aytgandi. Ammo karantin cheklovlari tugatilganidan keyin yangi kasallanganlar soni tezlik bilan oshib bormoqda.

Hozirda Hindistonda virusning oʻlim darajasi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past boʻlib turibdi. Mamlakatda shu paytgacha 6087 kishi koronavirusdan vafot etgan. 103 949 kishi virusni yenggan boʻlib, 106 393 kishi kasalxonada davolanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?