Hindistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 30 ming nafardan oshdi

22:58 24 Iyul 2020 Dunyo
383 0

24-iyul juma kuni Hindistonda koronavirusdan vafot etganlar soni Fransiyadagidan oshib ketdi va 30 601 kishiga yetdi. Endilikda Hindiston koronavirus qurbonlari soni boʻyicha dunyoda AQSH, Braziliya, Britaniya, Meksika va Italiyadan keyingi oltinchi oʻringa koʻtarildi.

Shuningdek, Hindistonda oʻtgan bir kecha kunduzda 50 mingga yaqin kishiga koronavirus tashxisi qoʻyildi. Bu bilan mamlakatda COVID-19 tashxisi qoʻyilganlar 1.3 milliondan oshib ketdi. Ayni paytda Hindiston koronavirusni yuqtirib olganlar soni boʻyicha dunyoda AQSH va Braziliyadan keyingi uchinchi oʻrinda turibdi.

Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, mamlakatda oʻtgan sutka davomida 740 kishining koronavirus sabab dunyodan oʻtgani qayd etildi va 49 310 kishining bu virusga chalingani aniqlandi.

Ammo ekspertlar Hindistonda koronavirusni tekshirish miqdori kamligi uchun kasallanganlarning haqiqiy soni rasmiy statistikadan ancha yuqori boʻlishi mumkinligini aytishmoqda.

Masalan, shu haftada hukumat nazorati ostida olib borilgan odamlardagi koronavirusga qarshi antitanalarni aniqlash tekshiruvlari shuni koʻrsatmoqdaki, poytaxt Nyu-Dehli aholisining deyarli 25 foizi virusga chalingan. Bu esa taqdim etilgan rasmiy raqamlardan qariyb 40 baravar koʻp deganidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?