Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni oshmoqda, ammo...

20:49 16 May 2020 Dunyo
465 0

Bugun Hindistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 85 940 kishiga yetdi. Ammo bu mamlakatda virusning oʻlim darajasi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past boʻlmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda hozirgacha 2752 kishi koronavirusdan vafot etdi. Xitoyda bu koʻrsatkich 4600 dan ortiq boʻlsa, AQSH, Buyuk Britaniya va Italiyada COVID-19 sabab vafot etganlar soni bundan ancha koʻp.

“Cheklovlar tufayli vaziyat yaxshilangani aniq. Biz karantin davrida kasallarni aniqlash, virus zanjirini qidirish, izolyatsiyalash kabi tadbirlarini tezlashtirdik ”, dedi Sogʻliqni saqlash vaziri Harsh Vardhan.

“Hindistonda koronavirus tarqalishi hali ham davom etmoqda. Kasallanganlar soni kuniga 3,8 foizga koʻpaymoqda. Mamlakat virusni yengishi uchun bu koʻrsatkich pasayib borishi va keyinchalik 0 foizgacha tushishi kerak” deydi Hindiston Bosh vazirining Iqtisodiy Maslahat Kengashi sobiq aʼzosi Shamika Ravi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?